Huawei 1
Qozog‘istonga borayotgan o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

Qozog‘istonga kirish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritilgani munosabati bilan Tashqi ishlar vazirligi mazkur mamlakatga kirish va chiqishda O‘zbekiston fuqarolariga barcha zarur hujjatlarni o‘zlari bilan olib yurishni tavsiya qildi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston-Qozog‘iston yoki Rossiya-Qozog‘iston chegarasini kesib o‘tishda nafaqat Qozog‘istonga, balki Rossiyaga ham kirishda hech qanday to‘siqlar yo‘qligiga oldindan ishonch hosil qilish lozim, chunki Rossiya va Qozog‘iston o‘rtasidagi maʼmuriy va jinoiy ishlar bo‘yicha qarorlarni o‘zaro tan olish va ijro etish to‘g‘risidagi kelishuvlarga muvofiq Qozog‘istonning vakolatli organlari Rossiya Federatsiyasining migratsiya va boshqa qonun hujjatlarining buzilishi yoki to‘lanmagan jarimalar mavjudligi bo‘yicha tekshiruv o‘tkazadi.

Agar Rossiyada bo‘lish davrida qayd etilgan qoidabuzarlik yoki to‘lanmagan jarima aniqlansa, Qozog‘iston tomoni O‘zbekiston fuqarosining Qozog‘istonga kirishi yoki chiqishini taqiqlash to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin.

"Shu munosabat bilan, Qozog‘istonga kirish va chiqish bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelmasligi uchun O‘zbekiston fuqarolariga Rossiya Ichki ishlar vazirligi Migratsiya masalalari bo‘yicha bosh boshqarmasining rasmiy veb-sayti “Xizmatlar”bo‘limida maxsus onlayn shaklni to‘ldirish orqali Rossiyaga kirish uchun taqiq mavjud yoki mavjud emasligini tekshirish tavsiya etiladi", deyiladi xabarda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga