Huawei 1
Eron prezidenti Ibrohim Raisiy vertolyot qulashi oqibatida halok bo‘lgan — Eron manbalari

Raisiy va vertolyotda bo‘lganlarning o‘limi, xususan, Eronning Mehr agentligi tomonidan tasdiqlangan. Shuningdek, ismini oshkor etmagan Eron rasmiysi Reuters bilan suhbatda shu haqda ma’lum qildi.

Bundan oldin Eron Qizil yarim oy jamiyati rahbari Pirhusayn Kolivand davlat televideniyesi orqali qilgan chiqishida qutqaruvchilar halokat joyida omon qolganlarni topmaganini aytgandi. 

Eron prezidenti Ibrohim Raisiy, tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyon, Eronning Sharqiy Ozarboyjon viloyati gubernatori Malik Rahmatiy va Tabriz viloyati imomi Ali Hoshim vertolyotning yo‘lovchilari bo‘lgan. 

Vertolyot yakshanba kuni Eron shimoli-g‘arbidagi tog‘li hududda, Ozarboyjon va Turkiya bilan chegaraga yaqin joyda qulagan. 

Qidiruv-qutqaruv ishlari noqulay ob-havoga qaramay, tun bo‘yi davom etdi: Eron ommaviy axborot vositalari halokat sodir bo‘lgan hududda yomg‘ir yog‘ayotganini xabar qildi. Vertolyotni qidirishda Eron armiyasi ham ishtirok etgan. 

Tasnim agentligi xabariga ko‘ra, yonib ketgan vertolyot mahalliy vaqt bilan ertalab soat oltilarda topilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100601 | Инструменты