Huawei 1

O'zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasi professor o'qituvchilari va Germaniya Federativ Respublikasi Qurolli kuchlari mutaxassislari ishtirokida ikki tomonlama o'rnatilgan harbiy hamkorlik doirasida mashg'ulotlar o'tkazildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Uchrashuvda olmon harbiy mutaxassisi Klaus Xyutger “Kritik infratuzilmalar” mavzusida ma'ruza qildi. Shuningdek, o'zbek-olmon mudofaa vazirliklari tizimida olib borilayotgan yangicha yondashuvlar o'zaro taqqoslanib, atroflicha muhokama qilindi.

Shu bilan birga, o'sha kunning o'zidayoq Germaniya Federativ Respublikasi Bundesverning Myunxen universiteti professor-o'qituvchilari va talabalarining tashrifi ham amalga oshirildi. Unda “Bundesverning Myunxen universitetida ofitserlarning ta'lim olish jarayoni”, “Askarlarni tayyorlash doirasida Bundesverning psixosotsial tarmog'i” mavzularida ma'ruzalar tinglanib, har ikki davlat mudofaa vazirliklari tizimidagi yutuq va kamchiliklar tahlil qilindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70110 | Инструменты