Huawei 1
4 oyda O'zbekistonga 3,1 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda keldi

Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-aprel oylarida jami 3,1 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 987,9 ming nafarga yoki 46,4 % ga oshgan.

Joriy yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonga tashrif buyurgan chet el fuqarolari mamlakatlar bo‘yicha:

Qirg‘iz Respublikasi – 942,2 ming nafar

Tojikiston – 793,9 ming nafar

Qozog‘iston – 617,2 ming nafar

Rossiya – 240,1 ming nafar

Afg‘oniston – 156,6 ming nafar

Turkmaniston – 109,6 ming nafar

Turkiya – 49,4 ming nafar

Xitoy – 38,1 ming nafar

Hindiston – 22,6 ming nafar

Italiya – 11,1 ming nafar

Boshqa davlatlar – 136,8 ming nafar.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70100 | Инструменты