Huawei 1
Robaxon Maxmudova "Adolat" SDP raisi etib saylandi

Bugun, 20-yanvar kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston "Adolat" sosial-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashining XII Plenumi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda partiya Matbuot xizmati xabar berdi.

Plenumda O‘zbekiston “Adolat” sosial-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi raisi Bahrom Abduhalimov o‘z arizasiga muvofiq Siyosiy Kengash a’zolarining ochiq ovoz berish yo‘li bilan partiya Siyosiy Kengashi raisi lavozimidan ozod etildi.

Robaxon Maxmudova partiya Siyosiy Kengashi raisi lavozimiga Siyosiy Kengash a’zolari tomonidan ochiq ovoz berish yo‘li bilan saylandi.

Robaxon Mahmudova 1958-yilda Farg‘ona shahrida tug‘ilgan, 1983 yilda Toshkent davlat universitetining "Huquqshunoslik" fakultetini tamomlagan. Muqaddam Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyati sudi raisi lavozimida ishlagan, 2017-2020-yillarda O‘zbekiston prezidentining Farg‘ona viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri bo‘lgan.

2020-yil yanvarida Farg‘ona viloyatidan senator etib saylangan, keyinroq Senatning Fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi lavozomiga saylangandi.

U 2020-yil iyul oyidan buyon O‘zbekiston Oliy sudi raisining birinchi o‘rinbosari – Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimida ishlab kelayotgandi.

Robaxon Mahmudova 2023-yil iyun oyida o‘tkazilgan navbatdan tashqari prezidentlik saylovida nomzod sifatida ishtirok etgandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122310 | Инструменты