Huawei 1
Rossiyaning “Yangi Quddus” muzeyida “Olamlar orasidagi nur” nomli noyob xalqaro ko‘rgazmaning ochilishi bo‘lib o‘tdi

Rossiyaning “Yangi Quddus” muzeyida “Olamlar orasidagi nur” nomli noyob xalqaro ko‘rgazmaning ochilishi bo‘lib o‘tdi.

"Kecha Rossiyaning “Yangi Quddus” muzeyida “Olamlar orasidagi nur” nomli noyob xalqaro ko‘rgazmaning ochilishi bo‘lib o‘tdi. Bu keng ko‘lamli loyiha ilk bor mazkur muzey kolleksiyasi hamda Nukusdagi Igor Savitskiy nomidagi muzey to‘plamidagi durdonalarni bir joyda birlashtirdi.

Ko‘rgazmada rus avangardi ustalari — Nikritin, Shevchenko, Chekrigin, Romanovich, Sokolov, Falk va boshqalarning asarlari namoyish etilmoqda. Ushbu rassomlar uslub jihatdan turlicha bo‘lsa-da, barchasini “yangi inson” obrazini izlashga bo‘lgan intilish birlashtiradi.

Bunday tashabbuslar san’at, ta’lim, kreativ iqtisodiyot sohalarida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga va umumiy madaniy merosimizni asrashga xizmat qiladi", deya yozgan Prezident yordamchisi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60114 | Инструменты