Saida Mirziyoyeva ayol shaxmatchilar orasida birinchi jahon chempioni bo‘lgan Afruza Hamdamovani shaxsan kutib oldi. Bu haqda Prezident yordamchisi rasmiy sahifasida ma'lum qildi.
"Chempion qizimiz Afruza Hamdamova Toshkentga qaytib keldi!
Ayol shaxmatchilarimiz orasida o‘smirlar o‘rtasida birinchi jahon chempioni sifatida O‘zbekiston shaxmati tarixiga kirgan bu zukko va dovyurak qizaloqni shaxsan kutib olganim menga alohida mamnuniyat bag‘ishlaydi.
O‘z g‘alabalari bilan barcha tashabbuslarimiz, biz kurashayotgan maqsadlarimiz to‘g‘ri ekanini tasdiqlagan Afruzadan juda minnatdorman. Teng imkoniyatlar, xotin-qizlarga hurmat va ular iqtidorining eʼtirofi shular jumlasidan.
Qizaloqning bosh murabbiyi – otasi Akbar aka Hakimovga alohida rahmat aytmoqchiman. Qizingizning isteʼdodini rivojlantirishga kuch va vaqtingizni ayamaganingiz uchun tashakkur.
Xotin-qizlarimizni yuqoriga ko‘tarayotgan bunday otalar, erkaklar yana-da ko‘p bo‘lsin.
Afruzamizga hamisha omad va baxt hamroh bo‘lsin", - deya yozgan Saida Mirziyoyeva.
Alpha version: 0.9.1.19 build 60915 | Инструменты