Saida Mirziyoyeva global tashabbuslarni ilgari surmoqda

Abu-Dabida xalqaro «Insoniy birodarlik majlisi» o‘z ishini boshladi. Tadbirda jahon siyosiy va intellektual elitasining 150 nafar eng nufuzli namoyandalari — Birinchi xonimlardan tortib Nobel sovrindorlarigacha ishtirok etmoqda.

Forum kun tartibidagi eng muhim voqealardan biri — Saida Mirziyoyevaning ayollar yetakchiligiga bag‘ishlangan birinchi sessiyadagi chiqishi bo‘ldi. U o‘z nutqida insoniy birodarlik va xotin-qizlarning jamiyatdagi roli masalalariga to‘xtalib o‘tdi.

Sunʼiy intellekt va texnologiyalarga asoslangan yangi global tartibotda, siyosiy va strategik qarorlar qabul qilinishida ayollar ishtiroki muhimligini taʼkidlab, «Yangi dunyoni kim quradi?» deya savol qo‘yadi Saida Mirziyoyeva.

U, shuningdek, insoniy birodarlik g‘oyalarini balandparvoz so‘zlar bilan emas, balki zo‘ravonlikka qarshi ishlovchi qatʼiy qonun va adolatli sud tizimi orqali isbotlash lozimligini qayd etadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20416 | Инструменты