2026 yilgi “Oskar” mukofoti g‘oliblari eʼlon qilindi

15 mart kuni AQSHning Los Anjeles shahrida Amerika kinoakademiyasining 98-“Oskar” mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Eng yaxshi film deb rejissyor Pol Tomas Andersonning «Jang ortidan jang» filmi topildi. Pol Tomas Anderson ushbu filmi uchun ikkita “Oskar”ni qo‘lga kiritdi — eng yaxshi rejissyor va eng yaxshi moslashtirilgan ssenariy muallifi sifatida.

«Eng yaxshi original ssenariy» nominatsiyasida esa Rayan Kugler (“Gunohkorlar”) g‘olib bo‘ldi. Ushbu xorror-triller 16 ta nominatsiya bilan nomzodlar soni bo‘yicha yetakchi bo‘ldi. U “Titanik”, «La-La Lend» va «Yeva haqida hammasi» filmlarini ortda qoldirdi.

«Jang ortidan jang» filmidagi roli uchun Shon Penn eng yaxshi ikkinchi darajali erkak aktyor deb topildi. Shuningdek, film «eng yaxshi kasting» nominatsiyasida ham “Oskar” oldi — bu yangi joriy etilgan nominatsiya hisoblanadi.

«Eng yaxshi ikkinchi darajali ayol aktrisa» nominatsiyasida “Qurollar” filmidagi roli uchun Emi Medigan mukofotga sazovor bo‘ldi.

«Eng yaxshi erkak aktyor» mukofoti “Gunohkorlar” filmidagi roli uchun Maykl B. Jordanga berildi. «Eng yaxshi ayol aktrisa» deb esa “Xamnet” filmidagi roli uchun Jessi Bakli tan olindi.

«Key-pop iblis ovchilari» animatsion filmi ikkita “Oskar”ga sazovor bo‘ldi — eng yaxshi to‘liq metrajli animatsion film va eng yaxshi qo‘shiq (“Golden”) nominatsiyalarida.

«Eng yaxshi hujjatli film» nominatsiyasida «Janob Hechkim Putinga qarshi» filmi g‘olib bo‘ldi. U amerikalik rejissyor Devid Borenshteyn va Uralning Karabash shahridan videograf Pavel Talankin tomonidan yaratilgan.

«Eng yaxshi xorijiy film» nominatsiyasida mukofot norvegiyalik kinematografistlar yaratgan «Sentimental qiymat» filmiga berildi.

Texnik nominatsiyalarda “Frankenshteyn” filmi bir nechta mukofotni qo‘lga kiritdi — eng yaxshi kostyumlar, eng yaxshi grim va soch turmaklari, shuningdek eng yaxshi postanovkachi rassom ishi uchun.

Eng yaxshi vizual effektlar uchun mukofot «Avatar: Olov va kul» filmiga, eng yaxshi ovoz uchun esa “Formula-1” filmiga topshirildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31611 | Инструменты