Vazirlik maʼlumotiga ko‘ra, cheklov chorasi yong‘in xavfsizligi sohasida aniqlangan kamchiliklar to‘liq bartaraf etilguniga qadar amal qiladi.
Xabarlarga ko‘ra, yong‘in haqidagi xabar 15 mart kuni soat 13:18 da kelib tushgan. Qutqaruv va yong‘in o‘chirish ekipajlari manzilga bir daqiqada yetib borgan va yong‘in 13:28 ga kelib bartaraf etilgan.
Hodisa oqibatida jabrlanganlar qayd etilmagan, ammo binodagi taxminan 25 kvadrat metr maydon yonib, zararlangan.
Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, yong‘inga binodagi ijarachilar tomonidan elektr simlaridan noto‘g‘ri foydalanish sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Shuningdek, yong‘in chiqqan hududda taʼmirlash ishlari olib borilayotgani, tekshiruvlar davomida esa bir qator yong‘in xavfsizligi talablari to‘liq bajarilmagani aniqlangan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 31611 | Инструменты