2-oktyabr kuni Toshkent shahrida Kreativ iqtisodiyot bo‘yicha IV Butunjahon konferensiyasi boshlandi. Unda prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva ishtirok etdi.
"Bugun Toshkent shahrida ijod va innovatsiya kuchiga ishongan har bir inson uchun muhim voqea — Kreativ iqtisodiyot bo‘yicha IV Butunjahon konferensiyasi boshlandi. 80 dan ortiq mamlakatdan 2000 dan ziyod ishtirokchi kreativ sohalar kelajagini muhokama qilish, tajriba almashish va hamkorlik bo‘yicha yangi imkoniyatlar yaratish uchun bir joyga jam bo‘ldi", deb yozdi Saida Mirziyoyeva bu haqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 123023 | Инструменты