Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-dekabr kuni Qozog‘iston Respublikasining birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi.
Davlat rahbari va Qozog‘istonning birinchi Prezidenti kirib kelayotgan Yangi yil munosabati bilan bir-birini samimiy qutlab, qardosh xalqlarimizga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladilar.
O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari yuksak darajaga ko‘tarilgani, ko‘p qirrali hamkorlik barcha yo‘nalishlarda jadal rivojlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10217 | Инструменты