O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva «Raqamli avlod qizlari» tanlovida g‘olib chiqqanlarni tabrikladi.
«Raqamli avlod qizlari» tanlovi — ayollarni qo‘llab-quvvatlash va ular uchun rivojlanish imkoniyatlarini yaratish bo‘yicha Prezidentimiz olib borayotgan siyosatning yorqin namunasidir», deb yozdi Saida Mirziyoyeva.
O‘tgan besh yil ichida 7 mingdan ortiq qiz IT olamiga qadam qo‘ydi. Joriy yilda esa tanlov turli mamlakatlardan iqtidorli qizlarni birlashtirdi.
«G‘oliblarni chin qalbimdan tabriklayman va ularning yutuqlari katta zafarlarining boshlanishi bo‘lishiga ishonaman!» - deydi prezident yordamchisi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 43021 | Инструменты