Huawei 1
Saida Mirziyoyeva YUNESKO sobiq Bosh direktori bilan Mirzo Ulugʻbek rasadxonasini rekonstruksiya qilish loyihasini koʻzdan kechirdi

Bugun, 26-yanvar kuni prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva YUNESKO sobiq Bosh direktori Irina Bokova, “Og‘a Xon” jamg‘armasining madaniyat bo‘yicha Katta maslahatchisi Franchesko Bandarin hamda “Wilmotte & Associés” arxitektura byurosining Boshqaruvchi direktori Borina Andryu bilan uchrashdi.

"Yaqin vaqt ichida Samarqand shahrida barpo etilishi rejalashtirilayotgan “Buyuk ipak yo‘li” muzeyining loyihasi taqdimoti bilan tanishdik. Muloqot davomida loyihaning o‘ziga xos jihatlari, uni amalga oshirish bo‘yicha ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlari haqida fikr almashdik", deydi Saida Mirziyoyeva.

Shuningdek, uchrashuv davomida Mirzo Ulug‘bek rasadxonasini rekonstruksiya qilish loyihasini ham ko‘zdan kechirildi.

Ushbu maskanda tashrif buyuruvchilar uchun barcha qulayliklarga ega bo‘lgan inklyuziv muhit yaratilishi aytildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122310 | Инструменты