Huawei 1
Serdar Berdimuhamedov O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Milliy Kengashi Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning telefon orqali muloqotida ma'lum qilindi.

Suhbatda Serdar Berdimuhamedovning bo'lajak tashrifiga tayyorgarlik doirasida ikki mamlakatning ko‘p qirrali hamkorligini yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Eslatib o'tamiz, joriy yilning 12-mart kuni Turkmanistonda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida Serdar Berdimuhammedov saylovchilarning 72,97% ovozini to’plab, g’alaba qozongan edi.

Yangi prezident 41 yoshda. U Turkmanistonning sobiq prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning o‘g‘li bo‘lib, mamlakatni so‘nggi 15 yil davomida boshqarib kelgan. Turkmaniston qishloq xo‘jaligi universitetini muhandis-texnolog mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. Bundan tashqari, u Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Diplomatik akademiyasini xalqaro munosabatlar yoʻnalishi boʻyicha, Yevropa va xalqaro xavfsizlik sohasida Jeneva xavfsizlik siyosati markazini tamomlagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60903 | Инструменты