Prezident raisligida mahalliy sanoat tarmog‘idagi ichki imkoniyatlarni safarbar etish orqali aholini ishli va daromadli qilish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo'lib o'tmoqda.
Joriy yilda Sharof Rashidov va Ohangaron tumanlarida bittadan yirik charm klasterini tashkil etish muhimligi taʼkidlandi.
Bunda ekologiyaga javob beradigan suv tozalash inshooti va bino qurish uchun 40 million dollar arzon resurs yo‘naltiriladi. Bu yerdagi tayyor loyihalarga 7 yilda bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan tabiiy va sunʼiy charmdan mahsulot chiqaruvchi xorijiy brendlar joylashtiriladi.
Xorijiy brend jalb qilgan har bir korxonaga sorsing kompaniyalari uchun sarflangan xarajatni 30 ming dollargacha qismini qoplab berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Shuningdek, 14 ta kichik sanoat zonasida 100 million dollarlik loyihalarni boshlash, 11 ta chorva klasteriga ozuqabop ekin ekish uchun yer masalasini to‘liq hal qilish vazifasi qo‘yildi.
Prezident gilam ishlab chiqaruvchilarning xom ashyo muammosidan xabari borligini taʼkidladi.
O‘tgan yili gilam korxonalariga markazlashgan holda polipropilen olib kelish tizimi yo‘lga qo‘yilgani o‘z samarasini berdi.
Bu yil ham shu tajriba davom ettirilib, mablag‘ ikki karra ko‘paytiriladi.
Gilam ishlab chiqarish, sotish va valyuta tushishigacha bo‘lgan vaqtni inobatga olib, tadbirkorga polipropilen 1 yilgacha muddatga beriladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122419 | Инструменты