Shavkat Mirziyoyev Serdar Berdimuhamedov taklifiga ko'ra, 7-9-oktabr kunlari amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻladi. U Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvida hamda MDH sammitida ishtirok etadi
Prezident “Avaza” milliy sayyohlik zonasida Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvida hamda Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligining navbatdagi sammitida ishtirok etadi.
Maslahat uchrashuvi kun tartibidan siyosiy-diplomatik hamkorlikni yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy aloqalarni chuqurlashtirish, energetika sohasidagi sheriklikni kengaytirish, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishiga moslashish boʻyicha qoʻshma chora-tadbirlarni amalga oshirish, madaniyat, taʼlim va ilm-fan sohalaridagi hamda yoshlar oʻrtasidagi aloqalarni rivojlantirish masalalari oʻrin olgan.
MDH davlat rahbarlari kengashi yigʻilishida Hamdoʻstlik doirasidagi koʻp tomonlama hamkorlik yakunlari sarhisob qilinib, uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi. MDH tashkil etilganining 35 yilligini nishonlashga alohida eʼtibor qaratiladi.
Tadbirlar yakunida qoʻshma hujjatlar toʻplamini qabul qilish koʻzda tutilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 100814 | Инструменты