Huawei 1
Shavkat Mirziyoyev AQSHda yuz bergan kuchli tornadolar yuzasidan Donald Trampga taʼziya maktubi yo‘lladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo‘shma Shtatlarining markaziy va janubiy shtatlarida ro‘y bergan halokatli tornadolar oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani, jarohat olgani va katta talafotlar ko‘rilgani munosabati bilan Prezident Donald Trampga ta’ziya maktubi yo‘lladi.

Davlatimiz rahbari vafot etganlarning yaqinlariga sabr-toqat va bardamlik, jarohat olganlar tez fursatda shifo topishini tiladi.

Ma'lumot uchun, AQSHning markaziy va janubiy shtatlarida sodir bo‘lgan halokatli tornadolar kamida 33 kishining umriga zomin bo‘ldi. Kanzasda kuchli chang bo‘roni tufayli 50 ta transport vositasi ishtirok etgan YTHda kamida sakkiz kishi halok bo‘lgan. Oklaxomada bir kishi, Texasning Amarillo okrugida esa chang bo‘roni paytida sodir bo‘lgan avtohalokatlar oqibatida uch kishi halok bo‘lgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31800 | Инструменты