Huawei 1
Shavkat Mirziyoyev barcha harbiy xizmatchilarni va soha faxriylarini tabriklab  mukofotlarni topshirdi

Bugun, 13-yanvar kuni Prezident Administrasiyasida harbiy xizmatchilarni va soha faxriylariga yuksak mukofotlar topshirildi.

Prezident farmoniga muvofiq, mamlakatimiz Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 31 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlarining bir guruh xodimlari harbiy unvonlar, orden va medallar bilan mukofotlangan edi.

O‘zbekiston Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev barcha harbiy xizmatchilarni va soha faxriylarini mazkur sana bilan tabrikladi va mukofotlarni topshirdi.

Bu yilgi tantanali tadbir yana jihati bilan esda qolarli bo‘ldi — prezident tashabbusi bilan “Amir Temur jangovar bayrog‘i” mukofoti ta’sis etildi. Bu borada o‘tkazilgan tanlovda Markaziy harbiy okrug g‘olib bo‘ldi.

Marosimda ushbu okrug qo‘mondoniga ilk bor “Amir Temur jangovar bayrog‘i” tantanali ravishda topshirildi.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin 14-yanvar munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhi mukofotlangani haqida xabar bergan edik

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20708 | Инструменты