Huawei 1
Turkiyada uch qavatli turar joy binosi qulab tushdi

Turkiyaning Konya viloyatida uch qavatli eski uy qulab tushdi. Favqulodda xizmatlar qidiruv-qutqaruv operatsiyasini boshladi, deb yozadi Yeni Safak gazetasi.

Hozirda hodisa joyida favqulodda xizmatlar xodimlari vayronalar ostidagi insonlarni chiqarish bo‘yicha ish olib bormoqda. Ayni vaqtda halok bo‘lganlar to‘g‘risida ma’lumot yo‘q, ammo kamida besh kishi qulagan uy ostida qolgani, ulardan ikki nafari qutqarilgani aytilmoqda. Binoning qulashiga nima sabab bo‘lgani aniqlanmagan.

"Yeni Safak" nashridan

“Bizning ishimiz davom etmoqda. Iltimos, Beyshehir ko‘chasida tirbandlik bo‘lmasligi uchun ehtiyot bo‘laylik”, dedi munitsipalitet meri Ug‘ur Ibrohim Oltoy.

"Yeni Safak" nashridan

Turkiya zilzilani bartaraf etish agentligi (AFAD), voqea joyiga jami 200 nafar AFAD xodimi, oʻt oʻchiruvchilar, politsiya, 112 tez yordam brigadasi va shahar xizmatlari yuborilganini maʼlum qildi. Gazetaning yozishicha, vayronalar ostidan ikki kishi tiriklayin chiqarib olingan.

"Yeni Safak" nashridan

Eslatib o'tamiz, 21-yanvar kuni Turkiyaning Bolu viloyatidagi Kartalkay tog‘-chang‘i kurorti mehmonxonasida yirik yong‘in sodir bo‘lgan edi. Yong‘in 11 qavatli mehmonxonaning to‘rtinchi qavatida boshlangan. Ba’zilar vahima ichida o‘zini derazadan tashlab halok bo‘lgan. Mehmonxona binosi yog‘ochdan qurilgani sababli, olov tez tarqalgan. Yong‘inni o‘chirishda 200 dan ortiq qutqaruvchilar ishtirok etgan. O'zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rajab Toyyib Erdo‘g‘anga Turkiyaning tog‘-chang‘i kurortidagi kuchli yong‘in yuzasidan hamdardlik bildirgan.


Maqola muallifi: D. Jummayeva

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 12709 | Инструменты