Huawei 1
Shavkat Mirziyoyev Birinchi prezident Islom Karimov maqbarasini ziyorat qildi

Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahriga tashrifi yakunida Hazrati Hizr majmuasida bo‘lib, Birinchi prezident Islom Karimov maqbarasini ziyorat qildi.

Qur’on oyatlari tilovat etilib, duo o‘qildi.

Marhumlarning yaxshiliklarini eslash, qabristonlarni obodonlashtirish xalqimizning ezgu qadriyatlaridan. Ushbu maqbara ham Prezidentimiz boshchiligida qurdirilgan, aziz ziyoratgohga aylantirilgan. Muborak Ramazon oyida bunday ezgu amallar barcha joylarda yorqin namoyon bo‘lmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 32314 | Инструменты