Prezident Shavkat Mirziyoyev Ostonada Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida ishtirok etmoqda. Sammitda davlat rahbari Falastin-Isroil muammosining yagona va eng adolatli yechimi – nizoni “ikki xalq uchun ikki davlat” tamoyili asosida hal etish kerakligini aytib o'tdi.
"Bugungi kunda jahon miqyosida ishonch inqirozi tobora avj olib bormoqda. Global xavfsizlikni ta'minlashda yangi muammolar yuzaga kelmoqda va xalqaro huquq meyorlaridan chekinish holatlari kuchaymoqda. Ayniqsa, Yaqin sharqda uzoq vaqtdan beri davom etayotgan Isroil-Falastin muammosining nihoyatda xavfli tus olgani barchamizni jiddiy xavotirga solmoqda. Mazkur muammoning yagona va adolatli yechimi nizoni "ikki xalq uchun ikki davlat" tamoyili asosida hal etishdir.
Falastin xalqi BMT tashkiloti rezolyutsiyalarida belgilanganidek, mustaqil davlat barpo etish huquqiga ega. Biz tashkilotimiz doirasida bu borada yakdil va qat'iy pozitsiyani bugun dunyoga e'lon qilishimiz zarur", - deya ta'kidladi prezident.
Alpha version: 0.9.1.19 build 91004 | Инструменты