Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston—Fransiya biznes forumida nutq soʻzladi.
Unda davlat rahbari sarkarda Amir Temur Fransiya Qiroli Karl VI ga yo'llagan maktubi haqida gapirdi.
"Janob Prezident, Fransiya yetakchi kompaniya va banklarning rahbarlari. Barchangizni qadimiy va hamisha navqiron Samarqand shahrida bo'lib o'tayotgan muhim uchrashuvimizda ko'rib turganimizdan xursandmiz.
Sizlar bilan mazkur muloqotimiz tom ma'noda tarixiy ahamiyatga ega. Uning ushbu ko'hna shaharda tashkil etilayotganidan ham chuqur ramziy ma'no mavjud. Buyuk ajdodimiz, dunyoga mashhur yengilmas sarkarda Amir Temur Fransiya Qiroli Karl VI ga yo'llagan maktubida shunday yozgan edi: "Siz alo xazratlari yurtimizga o'z savdogarlaringizni yuboring. Biz ularga hurmat va ehtirom bilan munosabatda bo'lib, tajovuz va zararlardan himoya qilamiz. Zero, dunyo savdo ahli bilan oboddir" degan gaplari men o'ylayman, ushbu ibratli so'zlar bugungi kunda ham o'z dolzarbligini yo'qotgani yo'q.
Biz aynan to'g'ridan to'g'ri savdo aloqalar, kooperatsiya rivojlantirish orqali mamlakatlarimiz umumiy farovonligi va taraqqiyotini ta'minlay olamiz. Shu munosabat bilan biznes forumida Fransiyaning yetakchi va yirik kompaniyalari, ishbilarmon doira vakillari ishtirok etayotgan uchun hurmatli prezident Makron janoblariga chuqur tashakkur izhor etaman", - deya ta'kidladi prezident.
Alpha version: 0.9.1.19 build 90823 | Инструменты