Huawei 1
Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga Xitoyga yetib bordi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga davlat tashrifi bilan Xitoy Xalq Respublikasiga yetib bordi.

Ikki davlat bayroqlari bilan bezatilgan “Shoudu” xalqaro aerportida oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.

Davlatimiz rahbarini XXR madaniyat va turizm vaziri Sun Yeli va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Tashrif dasturiga muvofiq ertaga, 24-yanvar kuni O‘zbekiston yetakchisi XXR Raisi Si Szinpin bilan muzokaralar hamda Xitoyning rasmiy shaxslari va ishbilarmon doiralari vakillari bilan qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122310 | Инструменты