Huawei 1
Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgning tarixiy obidalari bilan tanishdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-dekabr kuni MDH norasmiy sammitining madaniy tadbirlar dasturi doirasida Sankt-Peterburg shahrining saroy-bog‘ majmualari bilan tanishdi.

Davlat rahbari Rossiya, Ozarbayjon, Armaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston yetakchilari bilan birgalikda “Pavlovsk”, “Sarskoye selo” va “Petergof” muzey-qo‘riqxonalariga tashrif buyurdi.

XVIII-XIX asrlarda barpo etilgan ushbu tarixiy obidalar YUNESKO Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan, me’morchilik va bog‘chilik san’ati durdonalari sifatida tan olingan.

Tanishuv chog‘ida davlat rahbarlariga saroylar tarixi, ularning ichki bezagi va badiiy to‘plamlari to‘g‘risida batafsil so‘zlab berildi. Oliy martabali mehmonlar e’tiboriga mumtoz musiqa konserti va xalq og‘zaki ijodi jamoalarining chiqishlari havola etildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga