Shavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidenti bilan uchrashib, Afg'onistondagi siyosiy vaziyatni ham muhokama qildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Dushanbeshahriga kelgach, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Unda Oʻzbekiston-Tojikiston munosabatlarini yanada rivojlantirish hamda mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.
Oliy darajada erishilgan kelishuvlarga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlarida kooperatsiya loyihalarini va madaniy-gumanitar hamkorlik dasturini amalga oshirish maqsadida faol muloqot va almashinuvlarni davom ettirish muhim ekani taʼkidlandi.
Afgʻonistonda vujudga kelayotgan vaziyat yuzasidan ham fikr almashildi.
Davlatimiz rahbari Tojikistonning SHHTdagi sermahsul raisligi davrida erishilgan natijalarni yuksak baholadi va boʻlajak sammit tadbirlari muvaffaqiyatli oʻtkazilishini tiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 12719 | Инструменты