Huawei 1
AQSH Taʼlim vazirligi Kolumbiya universiteti akkreditatsiyasini bekor qildi

Nyu-Yorkdagi Kolumbiya universiteti endi «diskriminatsiyaga qarshi qonunlarni buzganlik» va «antisemitizmga qarshi kurashish uchun yetarlicha harakat qilmaganlik» uchun federal akkreditatsiya standartlariga javob bermaydi, dedi AQSH Taʼlim vazirligi.

Vazirlik o‘z bayonotida universitet rahbariyatini kampusda yahudiy talabalarni taʼqib qilish holatlariga yo‘l qo‘yganlikda va antisemitizm ko‘rinishlariga qarshi kurashish uchun yetarli choralar ko‘rmaganlikda aybladi.

AQSH taʼlim vaziri Linda Makmenning aytishicha, universitet 7 oktyabrdagi xurujlardan keyin «yahudiy talabalarga nisbatan taʼqiblarga qasddan eʼtibor bermagan».

«Bu nafaqat axloqsizlik, balki noqonuniy», dedi Makmen.

Akkreditatsiya standartlari buzilgani sababli universitetga akkreditatsiyadan o‘tgan taʼlim muassasasi maqomini saqlab qolish uchun aniqlangan muammolarni tuzatish va federal qonunchilikka rioya qilish muddati berildi.

Avvalroq, 30 yanvar kuni AQSH prezidenti Donald Tramp antisemitizmga qarshi kurash to‘g‘risidagi farmonni imzolab, Falastinni qo‘llab-quvvatlovchi namoyishlarning boshqa ishtirokchilari va chet ellik talabalarni deportatsiya qilishga vaʼda bergan edi.

Kolumbiya universitetining Manhettendagi asosiy kampusi AQSHning Isroilni qo‘llab-quvvatlashi va G‘azodagi Isroil harbiy amaliyotlari tufayli yuzaga kelgan gumanitar inqirozga qarshi norozilik namoyishlari markazlaridan biriga aylandi.

O‘tgan yili Falastin bilan birdamlik namoyishlari butun mamlakat bo‘ylab o‘nlab universitetlarga tarqaldi, darslar bekor qilindi, maʼmuriyatlar isteʼfoga chiqdi va namoyishchilar qo‘lga olindi yoki to‘xtatildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60814 | Инструменты