Huawei 1
Shavkat Mirziyoyev Xitoy tashqi ishlar vaziri Van Ini qabul qildi

O'zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining tadbirlarida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Xitoy Davlat kengashi a'zosi, tashqi ishlar vaziri Van Ini qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Uchrashuvda O'zbekiston va Xitoy o'rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, ko'p qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash istiqbollari yuzasidan fikr almashildi, SHHTning bo'lajak sammitining kun tartibi ko'rib chiqildi.

Avvalroq ShHT tadbirida ishtirok etish uchun O'zbekistonga Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I kelganligi haqida xabar bergan edik.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 12206 | Инструменты