Xitoy delegatsiyasini O'zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov kutib oldi
27-iyul kuni Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I rasmiy tashrif bilan Toshkentga keldi.
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Xitoy delegatsiyasini O'zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov kutib oldi.
Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabariga ko'ra, tashrif dasturiga binoan, Xitoy TIV rahbari Shanxay hamkorlik tashkilotiga (SHHT) a'zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining yig'ilishida ishtirok etadi, shuningdek, “SHHT oilasi” mamlakatlari delegatsiyalarining rahbarlari bilan qator ikki tomonlama uchrashuvlar o'tkazadi.
Eslatib o'tamiz: 28-29 iyul kunlari Toshkentda SHHTga a'zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq majlisda ishtirok etish uchun Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov O'zbekistonga keldi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 12209 | Инструменты