Joriy yilning, 14-16-mart kunlari Hindistonda ShHT Yoshlar kengashining navbatdagi 16-yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda O'zbekiston delegatsiyasi yoshlar davlat va nodavlat tashkilotlari vakillari bilan ishtirok etdi.Yig'ilish kun tartibida ShHTga a'zo mamlakatlarda 2021-2022-yillarda yoshlar siyosati borasida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.
Shuningdek, ShHT doirasida 2023-2024-yillar uchun harakatlar rejasi tasdiqlandi.Shu bilan birga O'zbekiston-Hindiston, O'zbekiston-Xitoy o'rtasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilinib, kelgusidagi hamkorlik rejalari belgilab olindi.Eslatib o’tamiz, 2022-yilda O'zbekiston Shanxay hamkorlik tashkiloti Yoshlar kengashi yig’ilishiga ilk bor raislik qilgan edi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111617 | Инструменты