Huawei 1
O‘zbekiston yanvar-fevral oylarida gazning sof eksportchisiga aylandi

Joriy yilning dastlabki ikki oyi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston gazning sof eksportchisiga aylandi

Yanvar-fevral oylarida Turkmaniston va Rossiyadan “ko‘k yoqilg‘i” importi deyarli uch baravarga — $35,8 mlngacha kamaydi. Yanvar oyida tabiiy gaz yetkazib berish $27,8 mlnni tashkil etib, 2024-yilning shu davriga nisbatan 5,4 barobarga o‘sdi, biroq fevral oyida $8 mlngacha kamaydi.

Yil boshidan beri Xitoyga gaz eksporti yarmidan ko‘proqqa oshib, $42 mlnga yetdi. Xususan, yanvar oyida Xitoyga $21,8 mln (2024-yil yanvariga nisbatan o‘sish 9%), fevral oyida esa $20,2 mln (uch barobar o‘sish) gaz yetkazib berildi.

Biroq, Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlari Xitoy Bojxona bosh boshqarmasi ma’lumotlaridan sezilarli darajada farq qiladi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston yanvar-fevral oylarida $49,4 mlnlik gaz eksport qilgan, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 13,85% ga kam.

Bundan tashqari, Xitoy bojxonasi O‘zbekistondan tabiiy gaz yetkazib berishning oylik hajmi yanvar oyidagi $26,1 mlndan (oldingi davrga nisbatan 32,6% ga pasayish) fevral oyida $23,3 mlngacha (o‘sish 25,2%) qisqarganini ma’lum qildi.

Xitoyga gaz eksporti bo‘yicha yetakchilik Rossiyaga o‘tdi, mamlakat joriy yilning dastlabki ikki oyida $1,75 mlrdlik “ko‘k yoqilg‘i” yetkazib bergan. Turkmaniston esa $1,38 mlrd bilan kutilmaganda ikkinchi o‘ringa tushdi. Keyingi o‘rinlarda Myanma ($277,1 mln), Qozog‘iston ($170,2 mln), shuningdek, AQSh va Italiya turibdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 41709 | Инструменты