Huawei 1
"Tayvan - Xitoyning ajralmas qismi" - O‘zbekiston TIV Tayvandagi prezidentlik saylovi yuzasidan munosabat bildirdi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi 13-yanvar kuni Tayvanda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlari yuzasidan bayonot berdi.

"O‘zbekiston tomoni Tayvanda bo‘lib o‘tgan saylovlar bilan bog‘liq vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda.

“Yagona Xitoy” tamoyilini qatʼiy qoʻllab-quvvatlashimiz va Xitoy Xalq Respublikasi hukumati Xitoyning yagona qonuniy hukumati, Tayvan esa Xitoy hududining ajralmas qismi ekanligini yana bir bor ma’lum qilamiz.

O‘zbekiston Respublikasi ikki sohil o‘rtasidagi munosabatlarning tinch yo‘l bilan rivojlanishining qat’iy tarafdori hamda XXR hukumatining Xitoyni birlashtirish yo‘lidagi barcha sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlaydi", - deyiladi TIV xabarida.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70609 | Инструменты