Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumani hokimi almashdi. Bugun tumanda mahalliy kengashning navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi.
Sessiyada Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining raisi Amanbay Orinbayev ishtirok etgan. Sessiyada Xudaybergenov Ilhomboy Tilavbayevich To‘rtko‘l tumani hokimi etib tayinlangan.
Maʼlum qilinishicha, Ilhomboy Xudaybergenov mehnat faoliyati davomida ichki ishlar organlarida, shuningdek, Toshkent viloyati hokimining o‘rinbosari kabi masʼuliyatli lavozimlarda samarali faoliyat olib borgan.
To‘rtko‘l tumaniga 2020 yil mayidan buyon Rustam Shamuratov hokimlik qilib kelayotgandi. Uning lavozimdan olinish sababi maʼlum qilinmagan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 43021 | Инструменты