Huawei 1
"Tolibon" hukumati O‘zbekistonga yangi elchisini tayinladi

"Tolibon" hukumati O‘zbekistonga yangi elchisini tayinladi. Bu haqda "Tasnim" axborot agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Abdul G‘affor Bahr oldinroq "Tolibon"ning Toshkentdagi elchisi etib tayinlangan Mug‘furulloh Shahobning o‘rnini egallagan. 

"U Qandahordan bo‘lib, "Tolibon" muvaqqat hukumatining Oliy sudida tekshiruv va tadqiqot bo‘limi direktori bo‘lib ishlagan", deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Mug‘furulloh Shahob Afg‘oniston muvaqqat hukumatining Toshkentdagi elchisi vazifasiga kirishgandi. U “Tolibon” tog‘-kon vazirining o‘g‘li ekani aytilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga