“2024 yilda ipoteka kreditlarini ajratish mexanizmlarini takomillashtirish va aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilashga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF-70-son, 30.04.2024 y.) qabul qilindi.
Farmonga muvofiq, 2025-yil 1-yanvardan qurilish tashkilotlariga “yashil” uy-joy standartlari talablari asosida ko'p kvartirali uy-joylarni qurish uchun Markaziy bankning asosiy stavkasidan bir foiz bandga yuqori stavkada kreditlar ajratiladi.
2024-yil 1-oktabrgacha “yashil” uy-joy standartlari tasdiqlanadi.
2025-yil 1-aprelgacha “yashil” uy-joy standarti talablari asosida qurilgan uy-joylarni sotib olish uchun jismoniy shaxslarga “yashil” ipoteka kreditlarini ajratish amaliyoti yo'lga qo'yiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20621 | Инструменты