Toshkent shahar Chilonzor tumanida 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qolishi oqibatida u halok bo’ldi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov “Uzreport.news”ga xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, holat 3-may kuni soat 11:50 larda Chilonzor tumani, 5-mavze, 16-uy oldida sodir bo‘lgan. Daraxt yiqilishi natijasida shu yerdan o‘tib ketayotgan enaga 1969-yilda tug‘ilgan M.Y. tomonidan bolalar aravachasida (kolyaska) olib ketilayotgan 2023-yil 10-aprelda tug‘ilgan qizaloqni daraxt bosib qolgan va u hodisa joyida vafot etgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Chilonzor tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122518 | Инструменты