Turkiy davlatlar tashkiloti shafeligida Logistika markazlari va yuk tashuvchilar alyansi tuzildi

28-iyun Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) huzuridagi Logistika markazlari va yuk tashuvchilar alyansi ta’sis etilishiga bag‘ishlangan tantanali tadbir va alyans ishtirokchilarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda ishtirok etgan transport vazirining birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov yangi tuzilma transport sohasidagi bog‘liqlikni rivojlantirishga, yuk oqimini ko‘paytirishga va tashuvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratilishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shishiga ishonch bildirdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70113 | Инструменты