Yoga 2036-yilgi Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritiladimi?

Hindiston 2036-yilgi yozgi Olimpiya o‘yinlariga mezbonlik qilish daʼvosida g‘olib chiqsa, “mamlakatning yumshoq kuchi” sifatida taʼriflanadigan yogani to‘rt yillik o‘yinlar dasturiga kiritish talabini ilgari suradi.

Bu haqda Milliy Olimpiya assotsiatsiyasi Osiyo Olimpiya kengashining amaldagi rahbari Raja Randhir Singxga yo‘llagan maktubida bayon etildi. Murojaatda jismoniy va ruhiy salomatlikni mustahkamlashda o‘rni muhimligidan kelib chiqib, yogani Osiyo o‘yinlari dasturiga kiritish zarurligi taʼkidlangan.

Shuningdek, joriy yil 21-iyunda dunyo bo‘ylab 10-xalqaro yoga kuni keng nishonlangani, barcha mamlakatlarda kishilar ushbu tur bilan shug‘ullanayotgani, jismoniy va ruhiy salomatlik manbai bo‘lgan bu harakat kelgusida Osiyo o‘yinlari, oxir-oqibat Olimpiya o‘yinlaridan joy olishga haqli ekani qo‘shicha qilingan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70312 | Инструменты