Vazirlar Mahkamasi apparatining ayrim xodimlari egallab turgan lavozimidan ozod qilindi
Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasi yangidan tasdiqlanganligi hamda boshqa ishga o‘tishlari munosabati bilan quyidagilar lavozimidan ozod qilindi.
Nodir Kasimov Vazirlar Mahkamasi Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘limining mudiri lavozimidan;
Azamat Oteuliyev Vazirlar Mahkamasi Mahalliy sanoatni rivojlantirish va kooperatsiya aloqalari masalalari kotibiyatining Maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini rivojlantirish masalalari sho’basi mudiri lavozimidan;
Doniyor Ermatov Vazirlar Mahkamasi Ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari kotibiyatining Bolalarni himoya qilish masalalari sho’basi mudiri lavozimidan ozod qilindi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51104 | Инструменты