Prezident tomonidan "O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi farmon imzolandi.
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar va xalqaro tashkilotlarga aʼzolik bo‘yicha majburiyatlarni bajarishga masʼul davlat organlari va boshqa tashkilotlar ro‘yxatiga kiritilayotgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, Iqtisodiyot va moliya vazirligi quyidagi uchta xalqaro tashkilotlariga badallar to‘lovchisi hisoblanadi:
- Shaffoflik va soliq maqsadlarida axborot almashinuvi bo‘yicha global forum;
- Pensiya va ijtimoiy jamg‘armalar xalqaro assotsiatsiyasi;
- Xalqaro ijtimoiy taʼminot uyushmasi.
Sug‘urta nazoratchilari xalqaro uyushmasi va Qimmatli qog‘ozlar komissiyalari xalqaro tashkilotiga badallarni vaqtida to‘lash majburiyati Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMI) zimmasiga yuklatilmoqda. Bunda alohida hollarda ILMI o‘z mablag‘lari hisobidan keyinchalik Davlat byudjeti hisobidan qoplagan holda badal to‘lash huquqiga ega.
Alpha version: 0.9.1.19 build 120423 | Инструменты