Joriy yilning 15-16-dekabr kunlari Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti va Xitoy Xalq Respulikasining “Henan Suda” kompaniyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda Oʻzbekistonda elektromobillarni quvvatlash qurilmalari va texnologiyalarini qurish loyihasini amalga oshirish muhokama qilindi.
Uchrashuv davomida Oʻzbekistonda energiya tejamkor texnologiyalar va elektromobillarni quvvatlash qurilmalari hamda texnologiyalarini rivojlantirish boʻyicha hamkorlik kelishuvi imzolandi.
Hamkorlik kelishuviga koʻra, 2033-yilgacha 14 ta hududda 70 dan ortiq markazlashtirilgan va 50 mingta markazlashtirilmagan zaryadlash stansiyalarini qurish hisobiga 700 mingdan ortiq elektr transport vositalarini quvvatlantirish nazarda tutilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122310 | Инструменты