Huawei 1
Yerdan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan Qonun ma'qullandi

Senatning yettinchi yalpi majlisida kun tartibidagi “Qishloq xo'jaligi uchun mo'ljallangan yerlardan va o'rmon fondi yerlaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida”gi Qonun muhokama qilindi.

Qayd etilganidek, mazkur Qonun bilan O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksiga, Yer kodeksiga, shuningdek “Fermer xo'jaligi to'g'risida”gi, “Dehqon xo'jaligi to'g'risida”gi, “Yaylovlar to'g'risida”gi, “O'rmon to'g'risida”gi, “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to'g'risida”gi qonunlariga tegishli o'zgartish va qo'shimchalar kiritilmoqda.

Mamlakatimizda mavjud yer resurslaridan oqilona foydalanish, unumdor hududlar va o'rmon fondini muhofaza qilish nafaqat iqtisodiy jihatdan, balki ekologik nuqtai-nazardan muhim va dolzarb hisoblanadi. Shu jihatdan mazkur Qonun ushbu yo'nalishda olib borilayotgan ishlarning samarasini ta'minlash, sohaning me'yoriy-huquqiy negizini zamon talablari asosida takomillashtirishga qaratilgan.

Xususan, unda investitsiyaviy shartnoma yoki davlat-xususiy sheriklik asosida qishloq xo'jaligida foydalanishdan chiqib ketgan sug'oriladigan yerlar, shuningdek, lalmi yerlar va o'rmon fondining foydalanilmayotgan yerlarini ijaraga berishning aniq mexanizmlari belgilanmoqda.  
Yana bir jihat. Qonunda yerni ijaraga berish shartnomasi muddatidan ilgari bekor qilinsa, ijarachi shartnomada nazarda tutilgan muddat yakuniga qadar yerdan foydalanish huquqiga ega bo'lishi mustahkamlanmoqda.

Qonun, avvalo, odamlarda yerga bo'lgan munosabatning o'zgarishi, qoraversa, oziq-ovqat xavfsizligi ta'minlanish borasidagi dolzarb vazifalarning amalga oshirilishiga xizmat qiladi.


Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42710 | Инструменты