Huawei 1
Yevgeniy Sisoyev: Afg‘onistonda terrorchilik harakati sezilarli darajada pasaygan

O'zbekistonda bo‘lib o‘tgan SHHTning Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (MATT) X xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi va MDHning terrorizm va ekstremizga qarshi kurashish bo‘yicha ikkinchi konferensiyasi doirasidagi tadbirlarda SHHT va MDHga aʼzo davlatlar, MDH organlari ishchi tuzilmalari hamda xalqaro tashkilotlar delegatsiyalari vakillari chiqish qildi. 

MDHga aʼzo davlatlar Aksilterror markazi rahbari Yevgeniy Sisoyev o‘z nutqida Afg‘onistonda terrorchilik harakati sezilarli darajada pasayganini qayd etdi.  

U mintaqaviy nizolar hududlaridan xalqaro terrorchilik  tashkilotlar jangarilarining kirib kelishini kamaytirish maqsadida afg‘on hokimiyati vaziyatni barqarorlashtirish,  terrorchilik guruhlariga qarshi kurashish, tashqi chegaralarni mustahkamlash bo‘yicha faol ishlar olib borayotganini taʼkidladi.  

Ayni damda, “Islom davlati – Xuroson viloyati” guruhi tomonidan jamiyatni radikallashtirish, davlat tuzilmalariga nisbatan nafrat, shuningdek, irqlararo, millatlararo va konfessiyalararo adovat qo‘zg‘atishga qaratilgan tahdidlar yuqori darajada ekani qayd etildi.  

Uning tarkibida sobiq sovet davlatlari vakillarining ko‘pligi  hududidan MDH va SHHT mamlakatlari maxsus xizmatlari ushbu guruh va boshqa xalqaro tashkilotlarga qarshi kurashishdagi saʼy-harakatlarini birlashtirish masalasini kun tartibiga qo‘ymoqda.    

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11513 | Инструменты