Zarbdor tumanida 17-yanvar kuni Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Unda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Ulug‘bek Mustafoyev ishtirok etdi. Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi.
Viloyat hokimi Zardor tumani hokimi lavozimiga tavsiya etilgan nomzod Jizzax viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i Toshpo‘latov Bekzod Turg‘unovichni tanishtirdi.
Viloyat hokimining Toshpo‘latov Bekzod Turg‘unovichni Zardor tumani hokimi etib tayinlash toʻgʻrisidagi qarori deputatlar tomonidan bir ovozdan tasdiqlandi.
Ma'lumot uchun: 2024-yilning 28-dekabr kunida Zarbdor tumani hokimi Ruziyev Zafar Sharopovich viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari - qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan edi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11800 | Инструменты