Bunda chorrahagacha 50 metr, qayrilib olish joyigacha esa 20 metr masofada yo‘l chiziqlarini bosib o‘tgan haydovchilarga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilmaydi.
O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan chorraha va qayrilib olish joylari yaqinida ayrim yo‘l chiziqlarini bosib harakatlanganlik uchun Yo‘l-patrul xizmati (YPX) inspektorlari tomonidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilmaydi.
Vazirlar Mahkamasining 29-oktyabrdagi qaroriga ko‘ra, yangi tartib chorrahaga 50 metr va qayrilib olish joyiga 20 metr qolgan hududlarda qo‘llanadi. Bunda transport vositalari oqimlarini ajratib turuvchi 1.1 va 1.3 yo‘l yotiq chiziqlarini bosib o‘tish holatlari nazarda tutilgan.
Qarorda mazkur tartib yo‘l-patrul xizmati inspektorlari tomonidan huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirilmaydigan holatlar qatoriga kiritilgan.
Shu bilan birga, ushbu istisno chorraha va qayrilib olish joylariga belgilangan masofadan tashqaridagi yo‘l chiziqlarini bosib o‘tish holatlariga tatbiq etilmaydi.
Hukumat qarori bilan yo‘l harakati qoidabuzarliklarini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish tizimiga oid boshqa o‘zgartirishlar ham kiritilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 103112 | Инструменты