Huawei 1
1-noyabrdan eski namunadagi “obyektivka”dan voz kechiladi

Prezident raisligidagi videoselektor yig'ilishida har ikki oy muddatda oliygohlar diplomlari va mehnat daftarchalarini mavjud elektron bazaga to‘liq kiritib, uni Tanlov elektron platformasiga integratsiya qilish vazifasi qo‘yildi.

Shuningdek, yil yakuniga qadar 4 mingta bo‘sh lavozimga tanlov o‘tkazish topshirildi.

“Har bir vazirlik va hokimlik kadrlar tanlashni oliygohlardan boshlashi zarur. Bu tajribani tizimli yo‘lga qo‘yish uchun har bir vazir va viloyat hokimi bir oy muddatda Yosh mutaxassislarni tanlash dasturini e’lon qiladi. Dastur doirasida oliygohlarning bitiruvchi kurslarida o‘qiyotgan qobiliyatli yoshlar saralanib, vazirlik va hokimlik tizimida stajirovka o‘taydi va o‘qishni tamomlagach, tanlov asosida ishga qabul qilinadi. Bunda, nafaqat o‘zimizdagi oliygoh talabalari, balki nufuzli xorijiy oliygohlarda o‘qiyotgan yoshlarimiz ham qamrab olinadi”, dedi davlat rahbari.

Yig'ilishda, prezident davlat idoralarida “mahalladan – respublikagacha” tamoyili asosida kadrlarni o‘stirish tizimi joriy qilinishini ta’kidladi.

“Bundan buyon, rahbarlik lavozimlariga nomzodlar mahallada odamlar bilan ishlagan, ularning muammosini o‘z ko‘zi bilan ko‘rib, hal qilgan kadrlar orasidan tanlab olinadi”, dedi davlat rahbari.

Shuning uchun, 1-noyabrdan:

- eski namunadagi “obyektivka”dan voz kechilib, ilg‘or IT-texnologiyalar asosida xodimning malakasi va salohiyati, erishgan natijalarini baholaydigan tizimga o‘tiladi;

- xodimni baholashda qaysi oliygohni bitirgani yoki qayerda ishlagani emas, qanday bilim-tajribaga egaligi va ko‘rsatgan natijalari asosiy mezon bo‘lishi shart.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62308 | Инструменты