Huawei 1
1 noyabrdan "Musor"dan qarzi borlar to‘liq elektrdan uziladimi?

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda 1 noyabrdan "musor"dan qarzi borlar to‘liq elektrdan uzilishi haqida xabarlar tarqaldi. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mazkur xabarga munosabat bildirdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tomonidan chiqindi tashish va olib ketish xizmatida foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida yangi “Toza Makon-billing” dasturiy kompleksi ishga tushirilishi munosabati bilan 2024 yil 31 oktyabr soat 23:50 dan 5 noyabr soat 23:50 gacha profilaktik ishlar olib borilishini ma’lum qilgan.

Shuningdek Agentlik tomonidan mazkur vaqt oralig‘ida chiqindi xizmati uchun barcha turdagi to‘lovlarni amalga oshirishda hamda shaxsiy hisob raqamdagi mavjud ma’lumotlarni olish, abonent to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘zgartirish, qo‘shish va o‘chirishda vaqtinchalik texnik uzilishlar bo‘lishini haqida xabar bergan.

Mazkur xabar ijtimoiy tarmoqlarda noto‘g‘ri talqin qilinishi natijasida ko‘pgina manbalarda chiqindi xizmatidan qarzi bor fuqarolar elektr energiyasidan ham uzilishi haqida ma’lumotlar tarqalmoqda.
Ayni paytda "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ tomonidan O‘zbekiston prezidentining “Chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va ularning ekologik vaziyatga salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga asosan iste’molchining chiqindi bo‘yicha qarzdorlik bo‘yicha ogohlantirilgandan keyin to‘lov qilmagan shaxslarning elektr uchun to‘lovlarini qabul qilishni vaqtinchalik cheklash amaliyoti joriy etilishi amaliyoti bo‘yicha texnik ishlar olib borilmoqda.

"Shu o‘rinda chiqindidan qarzdor iste’molchilar elektr energiyasidan uzilishi haqidagi xabarlar mutlaqo asossiz ekanligini ma’lum qilamiz", - deyiladi xabarda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 103017 | Инструменты