Sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa oqibatida fuqaro turli tan jarohatlarini olib, hududdagi tibbiyot muassasalaridan biriga yotqizilgan va u yerda unga zarur muolajalar ko‘rsatilgan
Rossiyaning janubida mehnat faoliyati davomida og‘ir jarohat olgan o‘zbekistonlik fuqaro D.U. mamlakatga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo“ axborot agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa oqibatida fuqaro turli tan jarohatlarini olib, hududdagi tibbiyot muassasalaridan biriga yotqizilgan va u yerda unga zarur muolajalar ko‘rsatilgan. Shu bilan birga, uning O‘zbekistonga qaytarish masalasi Bosh konsulxona hamda O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakolatxonasi hamkorligida tezkorlik bilan ishlab chiqilgan.
“D.U.ning sog‘lig‘i va shifokorlarning tavsiyalaridan kelib chiqqan holda, uni tibbiy evakuatsiya qilish choralari ko‘rildi. Fuqaroni kuzatib borish uchun O‘zbekistondan maxsus ikki nafar tibbiyot mutaxassisi yetib keldi va ular parvoz davomida zarur tibbiy nazoratni ta’minladi“, deyiladi xabarda.
Ma’lum qilinishicha, barcha tashkiliy tadbirlar amalga oshirilgach, fuqaro shifokorlar hamrohligida Mineralniye Vodi – Toshkent aviareysi orqali O‘zbekistonga kuzatib qo‘yilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 100314 | Инструменты