1-sentabr holati: O'zbekistonda benzin importi 87 mln litrga oshgan
Joriy yilning 1 sentyabr holatiga O'zbekistonda xorijdan import qilingan avtomobil benzini hajmi 90,1 mln. litrni tashkil etib, o'tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 87 mln. litrga oshgan.
Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, o'tgan sakkiz oy mobaynida import qilingan benzinning eng ko'p hajmi Qozog'iston (47,7 mln. l.), Rossiya (36,5 mln. l.), Turkmaniston (5,6 mln. l.) va 232,1 ming litr bilan Qirg'iz Respublikasi hissasiga to'g'ri kelgan.
Ma'lumot o'rnida, 2020 yilning 1 sentyabr holatiga ko'ra, O'zbekistonda 694,2 ming tonna benzin ishlab chiqarilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 100523 | Инструменты