Qabul Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi rasmiy veb-sayti orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi
O'zbekistondagi tibbiyot kollejlari va Jamoat salomatligi texnikumlariga yangi o‘quv yili uchun qabul jarayonlari joriy yil 10-avgustdan 10-sentabrgacha davom etadi. Hozirgi vaqtda O'zbekistonda 27 ta tibbiyot kolleji va 47 ta texnikumlar faoliyat olib bormoqda.
2022/2023-o‘quv yili uchun Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumlariga qabul kvotasi jami 11 ming 670 ta etib belgilanishi, shundan:
Tibbiyot kollejlariga esa jami 7 ming 800 ta o‘rin ajratilib, shundan:
- 780 tasi davlat granti;
- 7 ming 20 tasi to‘lov-shartnoma asosida belgilanishi kutilmoqda.
Tibbiyot kollejlari va jamoat salomatligi texnikumlariga o‘qishga hujjat topshirish uchun quyidagilar kerak bo‘ladi:
- pasport yoki tug‘ilganlik haqida guvohnoma nusxasi;
Qabul Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi rasmiy veb-sayti orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi.
Elektron platformaga yuklangan hujjatlar “PDF” formatida skaner qilingan bo‘lishi lozim. Skaner qilingan hujjatlarning talab darajasida bo‘lmasligi abituriyentning ro‘yxatdan o‘tkazilmasligiga asos bo‘ladi.
Tibbiyot kollejlari va jamoat salomatligi texnikumlariga kirish imtihonlari Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51712 | Инструменты